Qozoğiston Respublikasi milliy iqtisodiyot vazirligi statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, mamlakat 2016-yil yanvar-iyun oylarida 32,975 million tonna neft qazib olgan. Bu raqam ötgan yilning şu davriga nisbatan 2,4 foizga kam demakdir. 

Hisobot davrida gaz kondensati qazib oliş körsatkiçi 5, 815 mln tonni taşkil etgan va ötgan yilgiga nisbatan 9,9 foizga qisqargan. 

Bundan taşqari, joriy yilning ilk yarimyilligida Qozoğistonda 10,083 milliard kubmetr tabiiy gaz (6,3 foizlik pasayiş) va 12,658 milliard kubmetr hajmda neft yöldoş gazi qazib olingan (3,5 foizlik ösiş qayd etilgan).