Microsoft korporatsiyasi AQŞ davlat organlariga Irlandiyadagi serverlarida saqlanuvçi va mijozlariga tegişli şaxsiy ma'lumotlarni taqdim etişi şart emas, deya xabar qilmoqda Reuters agentligi Nyu York ikkinçi okrugi apellyatsiya sudi qaroriga asoslangan holda. 

Apellyatsiya sudi 2014 yili quyi sud mahkamasi çiqargan qarorni asossiz sifatida baholab, Microsoft arizasini qanoatlantirdi. Avvalgi sud qaroriga köra, kompaniya AQŞ hukumati tomonidan mijozlarning şaxsiy ma'lumotlarini taqdim etiş talabini bajarişi şart edi. Aks holda, tintuv va boşqa qonuntalablarini buzgan deb topilib, jazoga tortilişi belgilab qöyilgandi. 

Aprel oyida Microsoft AQŞ hukumati ustidan yuqori sud mahkamasiga arz qilib, mijozlarni hukumat sörovidan ogohlantiriş huquqini talab qildi. Kompaniya fikriça, AQŞ hukumati va federal xavfsizlik organlari, foydalanuvçilarning elektron maktublari hamda boşqa ma'lumotlarini taqdim etişni söraşda mijozlarni ogohlantirmaslikni şart qiliş bilan mamlakat Konstitutsiyasini buzmoqda. 

Teglar: Microsoft, AQŞ, Irlandiya, şaxsiy ma'lumot