
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 15 iyul kuni Oqsaroyda Xalqaro havaskor boksçilar uyuşmasi (AIBA) prezidenti Çing-Kuo Vuni qabul qildi. Bu haqda “ÖzA” xabar bermoqda.
Çing-Kuo Vu AIBA Ijroiya qömitasining Toşkentda ötayotgan majlisida iştirok etiş uçun mamlakatimizga taşrif buyurdi. Mazkur sport forumi Xalqaro havaskor boksçilar uyuşmasi uçun Braziliyada böladigan Olimpiya öyinlariga tayyorgarlikning yakuniy bosqiçi hisoblanadi.
Özbekiston rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, AIBA va uning rahbari Çing-Kuo Vu özining munosib xizmati bilan dunyoda keng tarqalgan boksni va, umuman, Olimpiya harakatini rivojlantirişga katta hissa qöşayotganini alohida ta'kidladi.
2014-2015 yillarda Özbekistonning barça yoş va vazn toifasidagi çarm qölqop ustalari turli darajadagi 269 medalga sazovor böldi. Özbekistonda xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalar va boks turnirlari muntazam ötkazilmoqda. 2015 yilning 7-14 iyun kunlari AIBA şafeligida poytaxtimizda ötkazilgan boks böyiça ösmirlar örtasida Osiyo çempionatida mamlakatimiz sportçilari 7 oltin va 6 bronza medalni qölga kiritib, umumjamoa hisobida birinçi örinni egalladi.
Oqsaroydagi uçraşuvda Özbekistonda havaskorlik boksini rivojlantiriş, mamlakatimizning AIBA bilan samarali hamkorligini yanada mustahkamlaş va kengaytiriş istiqbollari haqida fikr almaşildi.
Uçraşuvda Özbekiston Respublikasi Prezidentiga sport va olimpiya harakatini rivojlantiriş hamda ommallaştiriş yölidagi ulkan xizmatlari uçun, şuningdek, boksni xalqaro va milliy darajada rivojlantiriş borasidagi fidokorona mehnati e'tirofi sifatida AIBAning yuksak mukofoti – “Xizmatlari uçun” ordeni topşirildi.











