Nitstsadagi terakt qurbonlarining 16 nafariga tegişli jasad qoldiqlarining kimga tegişliligi  avvalgidek noma'lumligiça qolmoqda. Bu haqida  iTele telekanali şifoxonadagi manbasiga asoslanib, xabar berdi. 


Parij prokurori Fransua Molensning xabar qilişiça, Nitstsadagi terakt natijasida 84 kişi halok bölgan, 202 nafari jarohatlangan, ulardan 52 nafarining ahvoli oğir. 

Şuningdek poytaxt prokuraturasi teraktni asli tunislik bölgan Nitstsaning 31 yoşli fuqarosi Muhammad Buhlel amalga oşirganini tasdiqladi. 

Nitstsada bölib ötgan terakt uçun javobgarlikni IŞID terrorçilik guruhi öz zimmasiga olgan.