"Xamas" radikal harakati yetakçisi Ismoil Haniya Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğanni Turkiyada davlat töntarişi amalga oşirmoqçi bölgan isyonçilar ustidan ğalaba bilan tabrikladi va Erdöğan bilan birga tuşgan surati tuşirilgan tort pişirtirdi. Bu haqda Israel Breaking agentligi tvitterda ma'lum qildi.
Yevropa Ittifoqining bir qator davlatlari, Isroil, Kanada, AQŞ va Yaponiyada terrorçilik harakati deb tan olinuvçi harakat yetakçisi Haniya şuningdek öz akkauntida Ğazo sektori köçalariga Erdöğanni qöllab-quvvatlab minglab namoyişçilar çiqqani tasvirlangan suratlarni çop etdi.
Aholini namoyiş ötkazişga "Xamas" a'zolari çaqirdilar. Turk OAV ma'lumotlariga köra, avvalroq Istanbulda Haniya va Erdöğan örtasida bölib ötgan uçraşuvda Isroil gazining Turkiyaga yetkazilişi şartlari muhokama qilingandi.










