Eron hozirça Tehronda Hamas yetakçisi Ismoil Haniya öldirilişiga javoban Isroil böylab zarba yöllamaydi, deb yozmoqda The New York Times şaxsi sir saqlangan amerikalik mulozimlarga tayanib.

Naşr ma’lumotiga köra, Eron vositaçilarga Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş böyiça muzokaralar olib boriş uçun vaqt qoldiriş maqsadida zarba berişni ortga surmoqda.

Isroil razvedkasi aniqlaşiça, Eron va uning Livandagi ittifoqçisi «Hizbulloh» öz raketa qöşinlari tayyorgarlik darajasini pasaytirgan. NYT suhbatdoşlari esa vaziyatga baholar tez-tez özgarib turganini qayd etişgan.

Ğazo böyiça muzokaralarning navbatdagi bosqiçi 16 va 17 avgust kunlari Qatar poytaxti Dohada bölib ötdi. Unda Qatar, AQŞ, Isroil va Misrdan vakillar iştirok etdi. NYT naşri yozişiça, Qatar boş vaziri Muhammad As-Soniy muzokaralarning birinçi kuni yakunida Eronga qönğiroq qilib, vaziyatni keskinlaştirişdan tiyilişni söragan. Naşr tomonlar aynan nimaga kelişganiga aniqlik kiritmagan.

Ismoil Haniya 31 iyulga ötar keçasi Tehronda öldirilgandi. Isroil bu hodisa uçun rasman javobgarlikni öz zimmasiga olmagan.

Eron oliy rahnamosi, oyatulloh Ali Xominaiy bu hodisadan bir neça soat ötib Haniyaning ölimiga javoban Isroil böylab töğridan töğri zarba berişga buyruq bergani xabar qilingan (bu borada rasmiy ma’lumot berilmagan). Avgust oyi boşida Isroildagilar Eron Vengriya orqali hujumga tayyorgarlik körilayotganidan ogohlantirilgan.

Isroil Eron tahdididan keyin qöşinlarini yuqori şaylik holatiga keltirgan, şuningdek, xorijdagi barça harbiylarga vatanga qaytiş buyurilgan.