Armaniston poytaxti Yerevan yaqinidagi Erebuni tumanida politsiya patrul-post xizmati polkiga hujum qilib, odamlarni garovga olgan qurolli guruh terroristik harakat sodir etgan. Bu haqda Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati bayonotida aytilgan.
Armaniston MXX qurolli qarşilik körsatmasdan taslim bölişga çaqirmoqda.
"Davlat organlari vakillari terrorçilar bilan garovdagi kişilarni ozod etiş böyiça muzokara olib bormoqda. Voqea joyiga keltirilgan maxsus jangçilar jangovar holatda turibdi. Hozirça qamal qiliş yoki boşqa turdagi faol harakatlarga kirişiş böyiça buyruq berilmadi", deyilgan MXX xabarida.
Bugun, 17 iyul kuni bir guruh qurolli şaxslar politsiya patrul-post xizmati polki hududidagi kirib, u yerdagi odamlarni garovga oldi. Hujum vaqtida 1 kişi halok bölib, 2 kişi jarohatlangan.
Bundan oldinroq muxolifatçilar 7 politsiyaçi va 1 generalni garovda tutib turgani ma'lum bölgandi.
Garovdagilar orasida Yerevan politsiyasi boşliği örinbosari polkovnik Valeriy Osipyan bor. Hujum uyuştirganlardan biri — Pavel Manukyan videomurojaat orqali öz safdoşlari Jirayr Sefilyanning ozod qilinişi hamda hukumatning iste'foga çiqişini talab qildi.











