AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod va AQŞning sobiq Davlat kotibi Hillari Klintonning siyosati IŞID terrorçilik guruhining paydo bölişiga olib keldi, deb aytdi boşqa bir nomzod, milliarder Donald Tramp. Bu haqda Orlando Sentinel naşri xabar bermoqda.  

"Xillari Klinton özining befahmlarça siyosati bilan IŞIDni yaratdi. U IŞID uçun javobgar. U Barak Obamani boşqarib turgan, çunki menimça, Obama heç narsani bilmagan. Fikrimça, Obama Klintonga tayangan", deb aytdi Tramp. 

Tramp prezident bölib saylangandan keyin IŞID ustidan ğalaba qozonişi uçun biroz quruqlikdagi qöşin va "aqlbovar qilmas" razvedka talab qilinişini aytdi.