Hongkong politsiyasi, Yevropa çempionati vaqtida noqonuniy bukmekerlik faoliyati bilan şuğullangan 103 kişini hibsga oldi, deb yozmoqda South China Morning Post gazetasi mahalliy politsiya mahkamasiga tayangan holda. 

Politsiya ma'lumotlariga köra, çempionat vaqtida Hongkongning 134 hududida maxsus amaliyotlar ötkazilgan, natijada 16 yoşdan 66 yoşgaça bölgan 73 erkak va 30 nafar ayol kişi qölga olingan. Ular noqonuniy bukmekerlik faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. 

Bundan taşqari, reydlar çoğida 590 million Hongkong dollari (76 mln AQŞ dollaridan köp) miqdorida tikilgan pullar qayd etilgan röyxat, naqd pul körinişida 3 mln Hongkong dollari (400 ming AQŞ dollariga yaqin) va 57 dona kompyuter musodara qilingan.