Uning old panelida dinamikalari va NFC-antennalari joylashgan, orqasida esa - kameraning yangi tuzilmasi va ikkilamchi LED-chaqmoqlari. Xperia F8331 smartfonining pastki qismida USB Type-C portini ko‘rish mumkin, yuqori qismida esa - 3,5 millimetrli audiokirish. 

Manbaga ko‘ra, yangi qurilmaning ekrani Xperia X Performance'dan biroz kattaroq bo‘ladi. Bundan tashqari flagmanning ikkita - old va orqa kamerasi ham - videoni 4K-sifatda tasvirga olish imkoniga ega bo‘ladi. 

Xperia F8331 smartfonining taqdimot muddati noma'lum, lekin u yil oxirigacha chiqishi kerak. Yangi qurilma 2016 yilning sentabrida Berlinda bo‘lib o‘tadigan IFA ko‘rgazmasida namoyish etilishi mumkin, zero Sony'ning unda ishtirok etishi oldindan ma'lum.