Turkiyada harbiy töntarişga urinişda isyonçilarning yetakçisi sifatida qölga olingan, Turkiya Harbiy-havo kuçlarining sobiq boş qömondoni general Oqin Özturk öz aybiga iqror böldi. Bu haqda Anadolu davlat axborot agentligi xabar tarqatdi.
Özturk 2015 yilning avgustiga qadar Turkiya Harbiy-havo kuçlari boş qömondoni vazifasida faoliyat körsatgan. U lavozimidan ketgaç ham Turkiya Oliy harbiy kengaşi a'zosi bölib qolgandi.

Özturk muxolifatçi Fathulloh Gulen bilan aloqador bölişi mumkinligi taxmin qilingan. Ayni vaqtda AQŞda istiqomat qilayotgan Fathulloh Gulen Turkiya hukumati tomonidan harbiy töntariş taşkilotçisi sifatida körilmoqda.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, Turkiyada davlat töntarişiga urinişga aloqadorlikda gumon qilinib, 112 general va admiral qölga olindi, ulardan 50 nafari hibs qilingan, qolganlarini tergov qiliş işlari davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, 16 iyulga ötar keçasi Turkiyada davlat töntarişiga uriniş sodir etildi. Uriniş muvaffaqiyatsizlikka uçradi, 16 iyul kuni isyon bostirilgani ma'lum qilindi. Turkiya boş vaziri töqnaşuvlar vaqtida 290 kişi halok bölgani, 1400 kişi jarohatlanganini ma'lum qilgan.
Bundan oldinroq, Turkiya politsiyasi NATO va AQŞ harbiy-havo kuçlarining Turkiya janubidagi Injirlik harbiy bazasida tekşiruv ötkazgani haqida xabar berilgandi.











