“Aeroflot” aviakompaniyasi Turkiyaga çipta sotiş va qayta rasmiylaştirişni töxtatganligi haqida ma'lum qildi. Bu haqida uning rasmiy saytida xabar berildi. 

“Rosaviatsiya 2016 yil 16 iyulidan Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining Turkiyaga uçişini taqiqlaganligi munosabati bilan “Aeroflot” Istanbul va Antaliyaga çipta sotişni hamda qayta rasmiylaştirişni töxtatadi (Turkiyadan amalga oşiriladigan reyslar oçiq)”, - deyiladi xabarda. 

Rosaviatsiya taqiqni bekor qilgandan söng çiptalar sotuvi yana yölga qöyiladi. 

Turkiyaga 19 iyulga qadar çiptalarini rasmiylaştirgan yölovçilar ularni komissiyasiz topşirişlari mumkin. Şuningdek yölovçilarga Turkiya hududidan parvoz muddatini qöşimça tölovlar va komissiyasiz bir marta özgartiriş imkoni taqdim etilgan.

Xorij fuqarolarini Rossiyadan Turkiya şaharlariga taşişga ruxsat berilgan. Bundan taşqari, ularda aviaçiptalarga öz xohişiga köra yoki majburiy özgartiriş kiritiş imkoni mavjud.