Şanxaydagi köprikka gidrosamolyot quladi. Bu haqida Xitoy Xalqaro radiosi (CRI) ma'lum qildi.
Manbaga köra, baxtsiz hodisa şahardagi sohillardan birida sodir bölgan. Bu taxminan 4,5 million dollar qiymatga ega gidrosamolyotning ilk parvozi bölgan.
Samolyot bortida 10 kişi bölgan – 2 nafar uçuvçi va 8 nafar yölovçi. 4 kişi qutqarildi, qolganlarni qidiriş işlari davom etmoqda. Ma'lumotlarga köra, samolyotning qulaşiga texnik nosozliklar sabab bölgan.
Xitoy Markaziy televideniyesining (CCTV) xabar berişiça, baxtsiz hodisa mahalliy vaqt bilan soat 12:15da, parvozdan 10 daqiqa ötgaç sodir bölgan. Samolyot Tszinşandan Çjouşan şahriga uçayotgan bölgan.











