AQŞ prezidenti lavozimiga rasmiy nomzod etib körsatilgan Donald Tramp öz tarafdorlaridan nomzodi rasman tasdiqlangani munosabati bilan 10 dollardan, uning raqibi Xillari Klinton ştabi esa öz tarafdorlaridan 1 dollardan pul söradi.
Tramp bir neça soat oldin Respublikaçilar partiyasi nomidan prezidentlik saylovlarida iştirok etiş uçun rasmiy nomzod qilib körsatildi.
"Diqqat! Donald Tramp AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod qilib körsatildi! Keling Xillariga yutişga tayyorligimizni körsataylik. Qöllab-quvvatlaşingizni körsatiş uçun 10 dollardan örtaga taşlang", deb Tramp sms-xabar orqali öz tarafdorlarini çorladi.
Demokratlar ham tezda bunga munosabat bildirişdi. "Ovozlar hisoblab çiqildi va Donald Tramp Respublikaçilar partiyasidan rasman nomzod böldi. Dunyo noyabrda bizga işonç bildiradi va biz buning uçun harakat qilişimiz kerak. Trampni Oq uyga qöymaslik uçun 1 dollardan örtaga taşlang", deyilmoqda Klinton ştabi xabarida.
Klinton iyunda prezidentlik kampaniyasi uçun 68,5 mln dollar, Tramp esa 55 mln dollar yiğa olgandi. Nomzodlarga prezidentlik kampaniyasini ötkaziş uçun örtaça 1 mlrd dollargaça mablağ talab qilinişi mumkin.











