Davlat raqobat qömitasi raisi Davron Hidoyatov Janubiy Koreyaning Favqulodda va Muxtor elçisi janob Kvon Yong-u bilan uçraşdi.
Uçraşuv davomida Davron Hidoyatov mamlakat iqtisodiyotida tarkibiy islohotlarni amalga oşiriş, unda xususiy sektorning uluşi va ahamiyatini yuksaltiriş hamda davlat iştirokini qisqartirişda Özbekiston Respublikasi Davlat raqobat qömitasining faoliyati, örni va vazifalari haqida söz yuritdi.
Tomonlar davlat organlari va yetakçi koreys kompaniyalari vakillari bilan ötkaziladigan uçraşuv va muzokaralarning natijalari muhim ahamiyat kasb etişini mamnuniyat ila ta'kidlaşdi.
Uçraşuv va anjumanlarni ötkaziş çoğida erişilgan kelişuvlar iqtisodiyotning turli sohalarida muhim loyihalarni amalga oşirişda ikki mamlakat örtasidagi uzoq va samarali hamkorlikning ajralmas qismiga aylanganligi alohida ta'kidlandi.
Şuningdek Qömita va Koreya Respublikasi taşkilotlari örtasidagi turli sohalardagi özaro hamkorlikning rivojlanişi ikki mamlakat manfaatini közlaşi bildirildi.
Uçraşuv yakunida Koreya Respublikasining Favqulodda va Muxtor elçisi Kvon Yon-u ötkazilgan qabul uçun minnatdorçilik bildirib, uning natijalaridan mamnun bölganligini aytdi. Şu bilan birga u Koreya Respublikasining Özbekistondagi elçixonasi uçraşuv va anjumanlarda erişilgan kelişuvlarni amalga oşirişga tayyor ekanligini ma'lum qildi.











