Bir neça kundan beri Xitoyning markaziy mintaqasida davom etgan kuçli yoğingarçilik tufayli, Xubey viloyati Tyanmen şahri hududidan ötuvçi daryo töğonning bir qismini vayron qilgan. "Sina" axborot portalining xabariga köra, mahalliy hukumat suv toşqinlari röy berişi ehtimoli bölgan hududlardan 34 ming kişini xavfsiz joylarga köçirgan. 

vesti.ru

Qayd etilişiça, töğonning buzilgan qismi kengayib bormoqda, suv sathi kötarilmoqda. Hodisaning boşqa tafsilotlari keltirilmayapti. 

Xitoydagi bu yilgi yomğir mavsumi odatdagidan sertalofat kelgani xabar qilinmoqda. Iyun oyi oxiridan beri mamlakatning markaziy va janubi-şarqiy tumanlariga yopirilgan surunkali yomğir suv toşqinlari, sel va köçkilarni keltirib çiqargan. Ayniqsa, Yantszi daryosi havzasidagi ayrim tumanlarda vaziyat izdan çiqqan.

Hukumat xabariga köra, bu kabi tabiiy ofatdan 1,5 mingdan ortiq kişi jabrlangan. 237 kişi halok bölib, 93 nafar odam bedarak yöqolgan hisoblanmoqda.