Olmaotalik qotilning turmuş örtoği Ayaulim Umbetqulova terrorçi bilan ötgan hayoti töğrisida sözlab berdi. Uning sözlariga köra, u yaxşi turmuş örtoq va ota bölgan, ammo qamalib çiqqanidan söng hammasi özgargan. Bu haqida KTK xabar berdi.
Terrorçining ayoli kuni keça Olmaotaning Qizilörda viloyatiga keltirildi va söroq qilindi. Huquqni muhofaza qiliş organlari Ayaulim Umbetqulovani tonggi soat törtgaça uşlab turişdi. Ular juftlikning qanday tanişgani, qayerda yaşagani hamda erining terakt amalga oşiriş niyatini sezgan yoki sezmaganligiga doir ma'lumotlarni bilib olişga harakat qilişdi.
15 iyul kuni terrorçi uni Qizilörda viloyatiga özining ota-onasi yoniga jönatdi. Özi esa şahardagi işlarini tugatib,bir haftadan keyin kelişga va'da berdi.
"U menga qaynonam xastaligini va unga yordam kerakligini aytib, Boyqönğirga borişimni söradi. Keyin esa boşqa şaharga köçişimiz mumkinligini ma'lum qildi. U Sayranda meni avtobusga ötkazib yubordi, şu bilan biz ketdik", - deydi Ayaulim.
Terrorçi nima bilan şuğullangani töğrisida turmuş örtoğiga aytmagan. U faqat erining eski-tuski bozorida qöriqçi bölib işlaşini bilgan, xolos. Politsiyaçilar esa uning mobil telefonlar savdosi bilan şuğullanganini aytişmoqda.
Kulikbayev bir neça kunlab uyga kelmagan paytlari ham bölgan. Birgalikdagi yetti yillik turmuşi davomida Ayaulim erining birorta döstini körmagan. Ular bir neça yil davomida Olmaotaning turli tumanlarida ijaraga uy olib yaşaşgan. Heç bir uyda 3 oydan köp turişmagan.
"U uyda yöqligida hattoki eşikni oçişni taqiqlagandi. Buning uçun xafa bölsam, u meni şunçaki raşk qilişini aytardi, şu bois doim uyda ötirişimni istardi", - deydi ayol.
Navbatdagi qamoq jazosidan söng Kulikbayev xotiniga hijob öratmoqçi bölgan. Biroq ayol buni keskin rad etgan. U erini haqiqiy din kişisi deb hisoblagan. Ayaulim yangiliklar orqali erining terakt sodir etganini bilib işongisi kelmagan. U xali-hanuz buning yolğon bölib çiqişiga umid qiladi.
"Men uning bunday iş qilganligiga xaligaça işonmayman. Ehtimol, kimdir uni bunga majburlagandir", - deya taxmin qiladi ayol. Şunga qaramay, Ayaulim ajraşişga qat'iy qaror qildi. Hozir ayol hammasidan ham farzandlaridan xavotirda. Uning kiçik qizi va öğli bor.
Ayaulim halok bölganlarning yaqinlaridan keçirim söradi hamda uning oilasini, farzandlarini qarğamaslikni iltimos qildi.











