23 iyul tunida Rossiya poytaxti Moskvaning janubi-şarqida 8ta avtomaşina yonib ketgan. Jabrlanganlar yöq, deya xabar qilmoqda TASS poytaxt IIBB matbuot markaziga asoslangan holda. 

"Bugun tunda, Entuziastlar şossesi yonidagi 7 uyda 8ta maşina yonib ketgan. Ayni hodisa böyiça suriştiruv işlari olib borilayapti. Uning natijalariga köra, jinoiy iş qözğatiş qarori qabul qilinadi", - deyiladi xabarda.

Şahar politsiyasi maşinalar ğarazgöylar tomonidan yoqilgani ehtimolini rad etmayapti.