Myunxen politsiyasining dastlabki ma'lumotlariga köra, otişmani sodir etgan şaxs yonida portlovçi moddalar yoki vintovka bölmagan. Uning ryukzagini tekşirgan mutaxassislar şunday xulosani taqdim etişgan. 

Bu haqda, şahar politsiyasi rahbari Xubertus Andre matbuot anjumanida ma'lum qildi. Uning sözlariga köra, otişmaning boşqa holatlari singari vintovka haqidagi xabar ham öz tasdiğini topmagan. 

Ma'lum qilinişiça, qurollangan noma'lum şaxs McDonalds restoranida otişmani boşlagaç, qöşni «Olimpiya» savdo markaziga ötgan. Bu paytga kelib, huquq-tartibot idoralari xodimlari yetib kelişgan. 

Keyinçalik aniqlanişiça, jinoyatni asli eronlik 18 yaşar yigit sodir etgan. Uning bu qilmişiga nima sabab bölgani ma'lum emas.