Ukrana Oliy radasi deputati Nadejda Savçenkoning fikriça, mamlakatdagi siyosiy tizimni faqatgina «yuqoridan», diktatura qoidalarini işga solgan holda özgartiriş mumkin, deb xabar qilmoqda Deutsche Welle.

«Vakolatlarni, mamlakat tuzilmasini özgartiriş, insonlar orasida ustivor bölişi uçun qonunlarni qayta joriy etiş, korrupsiyaga qarşi kuraşiş uçun hamma imkoniyatni öz qölida töplagan diktator böliş lozim. Xalq hokimiyatini qaytariş va boşqa heç kim xalqdan uni tortib olmasligi uçun», — degan Savçenko.

Deputat özining prezident böliş orzusini izohlar ekan, u zaruriyat sababli davlat rahbari lavozimi uçun kuraşmoqçi ekanini aytgan. 

«Men xohlamasligimni, ammo böla olişimni aytgandim. Endi esa, har xolda prezident bölişim kerak, deb öylayman», — degan Savçenko.

Avvalroq, Nadejda Savçenko ukrainaliklar ertami-keçmi Donbassda halok bölganlarning yaqinlaridan uzr söraşini aytgan edi.