Hozir taşqarida ayni yoz pallasi. Kunlar juda issiq. Yozning jazirama kunlarida kiçkintoylarning ota-onalari imkon qadar farzandiga qulay şaroit yaratişga harakat qilişadi.
Quyida e’tiboringizga tibbiyot fanlari nomzodi Yevgeniy Olegoviç Komarovskiyning issiqda bolaga qanday yordam beriş töğrisidagi tavsiyalari havola etiladi.
Konditsioner tanlaymiz

Bola ötirgan xonaga ventelyatordan köra köproq konditsioner töğri keladi. Asosiy parametrlar - harorat va namlik nazorat qilinsa, bas.
Rejimga rioya qilamiz

Optimal harorat – 22 daraja. Namlik – 40 foizdan kam bölişi kerak emas. Uning ta’sirini aniqlaşga termometr va gigrometr yordam beradi, töğirlaşga esa – konditsionerni boşqariş rejimi va havoni namlantiruvçi vosita yohud tez-tez xonani tozalaş kerak böladi.
Me’yorni unutmaymiz

Xona haroratini asta-sekin pasaytiriş lozim. Agar bolaning xonasidagi harorat 30 daraja issiq bölsa-yu, uni 24 darajaga tuşiriş zarurati paydo bölsa, u holda konditsionerni avval 28 darajaga, yarim soatdan keyin – 26 darajaga va şundan sönggina 24 darajaga tuşiriş kerak.
Xonani tez-tez şamollatamiz

Farzandingiz ötirgan xonani vaqti-vaqti bilan şamollatib turing: konditsioner va ventelyator havoni quritadi.
Töğri yönaltiramiz

Konditsionerni şunday yönaltiriş kerakki, u töğridan-töğri bolaga yoki bolalar krovatiga kelib tegmasin.












