Bavariya içki işlar vaziri Ioaxim Xerrmanning ma'lum qilişiça, Ansbaxdagi portlaşni uyuştirişda gumonlangan şaxs Suriyadan kelgan 27 yoşli qoçqin bölgan. Bu haqda Nord Bayern naşri xabar bermoqda.
Bavariya yeri IIV rahbarining sözlariga köra, u Germaniyaga bundan ikki yil muqaddam kelgan. Bundan taşqari, Xermanning aytişiça, bir yil oldin suriyalikdan qoçqin maqomini olib taşlaş rad etilgan.
Qayd etilişiça, halok bölgan uşbu suriyalik ilgari ham özini öldirmoqçi bölgandi.
Bundan oldingi xabarlarda Ansbaxdagi portlaş natijasida 1 kişi halok bölib (xudkuş), jarohatlanganlar soni 12 kişini taşkil qilayotgani aytilgandi.
Ansbaxdagi Eugene's nomli bar yaqinida portlaşdan keyin hududdan 2500 kişi evakuatsiya qilingan.
Avvaliga portlaş maişiy gaz quvuridagi muammo tufayli röy bergani aytilgandi. Keyinroq, şahar meri Kardu Zaydel barga kiraverişda portlovçi qurilma harakatga keltirilganini ma'lum qildi.
Qayd etiş kerakki, bu Germaniyada keyingi hafta davomida törtinçi marta tinç aholi vakillariga hujum uyuştirilişi böldi.
Avvaliga, 18 iyul kuni Myunxenda poyezdda kelib çiqişi afğonistonlik bölgan 17 yoşli ösmir yölovçilarga maçete bilan hujum qilib, 3 kişini jarohatladi. Uni politsiya otib taşladi.
22 iyulda Myunxendagi Olympia savdo markazida kelib çiqişi eronlik bölgan 18 yoşli Ali David Sunbuliy 9 kişini otib taşlagandi va keyin öz joniga qasd qilgandi.
24 iyul kuni keçqurun Roytlingen şahrida suriyalik qoçqin yölovçilarga uzun piçoq bilan taşlanib, bir ayolni öldirgan va 2 kişini yaralagan.
















