Rajabov Rustam Baxtiyaroviç GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyatining yangi rahbariga aylandi.
U ijro etuvçi organ rahbari sifatida 18 iyul kuni aksionerlar iştirokida ötkazilgan yil yakunlariga bağişlangan yiğilişda 90 kun muddatga saylangan.
Rajabov 2016 yilning 20 iyulidan uşbu lavozimga tayinlangan, şu bilan bir vaqtda kompaniya Kuzatuv kengaşiga beş kişi tayinlangan.
Jalilov Tohirjon Abdunabiyeviçning taşkilot boş direktori sifatidagi vakolati tugatilgan.
GM Uzbekistan qöşma korxonasi 2008 yilda AQŞning General Motors (25 foiz) va Özbekistonning "Özavtosanoat" AJ (75 foiz) tomonidan “ÖzDeuAvto” YoAJ örnida taşkil qilingan edi. Kompaniya quvvati yiliga 250 ming avtomobilni taşkil qiladi.
Bugungi kunda korxona Nexia, Cobalt, Lacetti, Gentra va Malibu, Matiz, Spark, Captiva, miniven Orlando, mikroavtobus Damas va uning yuk taşişga moslaşgan körinişi Labo kabi avtomobillar işlab çiqaradi.
Eksport qilinadigan avtomobillar Ravon brendi ostida sotiladi. Bular asosan Nexia, Cobalt, Matiz va Spark avtomobillaridan iborat.
Oxirgi vaqtlarda OAV Özbekistonning yetakçi korxonalaridan biri bölgan GM Uzbekistan bir neça bor mojarolarga öralaşib qolgani va huquqni saqlaş muassasalari tomonidan tekşiruvlar ötkazilayotgani haqidagi xabarlar tarqatgandi.












