Avstriyaning Austrian Plasser und Theurer kompaniyasi dunyoda yagona, temir izlarni töxtovsiz yotqiziş imkonini beradigan RU-800 S qurilmasiga ega bölib, u bir ötişda eski temir yölni yangisiga almaştira oladi. 2014 yili e'lon qilingan videolavhaga Reddit portali e'tibor qaratgan.

Uning vazni 692 tonnadan iborat bölib, uzunligi 177 metrni, qöşimça platformalari bilan — 800 metrni taşkil etadi. Maşina deyarli avtomatik tarzda işlaydi. Uni atigi bir neça kişi boşqara oladi. 

RU-800 S bir vaqtning özida eski relslarni yiğib olib, yangisini yotqizadi. Maşina bir kun içida 2 kilometr masofaga temir izni töşay oladi.