22 mart kuni Bryusselda sodir etilgan terakt oqibatida Belgiya iqtisodi körgan moddiy zarar miqdori 1 mlrd yevroni taşkil etmoqda. Bu haqda maxsus tayyorlangan tadqiqotga asoslanib, qirollik iqtisodiyot vazirligi xabar bermoqda.

"Terakt oqibatida xususiy kompaniyalar foydasi joriy yilning birinçi kvartalida Bryussel federal hududida 122,5 mln yevrogaça, Valloniyada (janubiy fransuz tilli hudud) - 20 mln yevrogaça, Flandriyada (şimoliy niderland tilli hudud) - 33 mln yevrogaça tuşib ketdi", - deyiladi hisobotda.

Mamlakatning davlat byudjyeti körgan zarar miqdori 760 mln yevro deb baholangan. Şu ma'noda, joriy yil birinçi kvartalida körilgan zararlarning umumiy qiymati 935,2 mln yevroni taşkil etgan.

Eng köp mehmonxona, restoran va sayyohlik bizneslari zarar körgan, şuningdek, köngiloçar sohada, birinçi navbatda, ommaviy taşkil qilinadigan konsert, karnaval va sport musobaqalari sektorlari zarar körgan.

Eslatib ötamiz: uç xudkuş-terrorçi tomonidan 22 mart kuni Bryussel metrosi va aeroportida terakt sodir etilgan va natijada 32 kişi qurbon bölgan edi. Uni taşkil etgan va olib borganlar sifatida Bryussel islom guruhi a'zolari aytilgan.