25 iyuldan 26 iyulga ötar keçasi Nyu-York şahrida kuçli momaqaldiroq yuz berib, yoğingarçilik kuzatildi. Unda şahardagi osmonöpar binolardan biri Emrire State Building binosini yaşin urgan. Bu lahzani suratkaş Henrik Moltke videotasmaga muhrlab, internet tarmoğiga joylaştirgan.

Lavhaga öz fikrini bildirganlar orasida «Imperiya qayta zarba beradi» filmiga qiyosan binoning nomini mazax qilganlar ham uçraydi. 

Gizmodoning qayd etişiça, bino özining balandligi bilan şaharning yaşinqaytargiçi vazifasini bajaradi, deyiş mumkin. Çunki, Empire State Building binosini bir yilda bir neça marotaba yaşin uradi. Ba'zan, bir kun içida unga bir neça yaşin tuşadi.