Şifokorlar dunyoning eng baland böyli ayollari va erlari istiqomat qiladigan mamlakatlar röyxatini e'lon qildi. Olimlarning uşbu tadqiqotga bağişlangan qöşma NCD Risk Factor natijasi eLife jurnalida e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda The Guardian gazetasi.

Şunday qilib, jozibali jins vakillalari orasida eng baland böylilari Latviyada istiqomat qilib, ularning örtaça böyi 169,8 smni taşkil etadi. Eng böydor erkaklar sifatida örtaça 182,5 sm bilan niderlandiyaliklar faxrlanişi mumkin. Tadqiqot mualliflarining ta'kidlaşiça, latviyalik ayollar 1914 yilda bu borada atigi 28-örinni band etişgan. Niderlandiyalik erkaklar esa 12-örinda bölgan. 

Janubiy Koreya va Eron fuqarolarining ösiş sur'atlari jadalligi bilan ajralib turmoqda. Sönggi yuz yillikda koreys ayollarining böyi 20 smga çözilgan bölsa, eronlik erkaklar 16,5 smga ösgan. Eng past erkaklar şarqiy Timorda (159,8 sm), eng pakana ayollar Gvatemalada (149,4 sm) ekani qayd etilgan.

Umuman, tadqiqot ötkazilgan mamlakatlar aholisining böyi örtaça 11 smga ösgan. Hozirgi vaqtda, bu körsatkiç erkaklar uçun 177,5 smni, ayollar uçun 164,4 smni taşkil etmoqda. 

Olimlarning fikriça, endilikda Yer aholisi böyining ösiş tendensiyasi aksinça rivojlana boradi. Inson böyining ösişiga esa, turmuş darajasining yuqoriligi sabab bölgan.