Anqara şahri ma'muriyati şaharning markaziy maydoni Qiziloyni, davlat töntarişiga urinişning bostirilişi şarafiga qayta nomlaydi, deya ma'lum qildi şahar hokimi Melix Gekçek. Bu haqda, Anadolu agentligi xabar qilmoqda.
Uning sözlariga köra, «bu maydon 15 iyul Demokratiyasi maydoni», deb ataladi.
Gekçek şuningdek, Turkiya qurolli kuçlari Boş ştabi oldidagi maydonning ham qayta nomlanişini bildirgan. U, “15 iyul şahidlari maydoni” deyiladi. Çunki, bu maydonda 16 iyulga ötar keçasi amalga oşirilgan harbiy isyon vaqtida köplab fuqarolar qurbon bölgan.
Avvalroq, Istanbuldagi Bosfor böğozi ustidan ötuvçi köprik ham davlat töntarişiga qarşi kuraşda halok bölganlar xotirasiga qayta nomlanişi haqida xabar qilingan edi.











