Prezident matbuot xizmatiga köra, madaniy dasturda TDTga aʼzo mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari va ularning rafiqalari qatnaşdi.

Dastlab yetakçilar Anqaradagi «Beştepa» majmuasida Turkiy davlatlar sivilizatsiyasi boğini oçdi. Boğdagi milliy pavilonlarda anʼanaviy ötovlar va xalq amaliy sanʼati namunalari namoyiş etilmoqda. Ular turkiy xalqlarning tarixi, madaniyati, meʼmoriy merosi, ilm-fan sohasidagi yutuqlari va bugungi taraqqiyotini aks ettiradi.

Davlat rahbarlari turkiy xalqlarning qadimgi yozma yodgorligi - Örxun bitiklari nusxasi bilan ham tanişdi. Şu yerda milliy öyinlar, kamonçilar va tarixiy liboslardagi jangçilarning çiqişlari bölib ötdi. Şundan söng yetakçilar eman köçatlari ekdi.

Keyin mehmonlar Malazgirt markaziga taşrif buyurdi. Markaz nomi turkiy xalqlar tarixida muhim örin tutgan, 1071-yil 26-avgustda bölib ötgan Malazgirt jangi bilan boğliq.

Bu yerda çavandozlar, akrobatlar va kaskadyorlar iştirokida epik tomoşa namoyiş etildi. Tomoşada taşkilotga aʼzo mamlakatlardan keltirilgan otlar ham qatnaşdi.