XXR fuqarolik boşqaruvi vazirligining ma'lumotlariga köra, joriy yilning şu davrigaça, mamlakatda yuz bergan turli tabiiy ofatlar natijasida 1074 kişi hayotdan köz yumgan, yana 270 nafari bedarak yöqolgan hisoblanmoqda.
Umuman, Xitoyning 137 million fuqarosi tabiiy ofatlardan aziyat çekkan. Yetkazilgan iqtisodiy talofat 298 mlrd yuan (44,7 mlrd dollar)ni taşkil etgan. 400 mingdan ortiq uy vayron bölgan, 6,4 mln inson köçirilgan.
Tabiiy ofatlarning 75 foizdan köproği – Xitoy hududiga yopirilgan surunkali yomğirlar kuzatilgan iyun oyiga töğri kelgan. Bu davrda, 837 kişining yostiği qurigan, 242 odam yöqolgan. Bu raqamlar esa, Xitoy yomğirlar mavsumining sönggi 5 yildagi eng yuqori körsatkiçidir.











