Xitoy "yangi davr superkompyuteri"ning bir qismi böladigan tajriba hisoblaş maşinasining namunasini işlab çiqiş işlarini boşlab yubordi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi.
Tyantszin şahridagi Xitoy superkompyuterlar davlat markazi, Xitoy armiyasining Mudofaa fanlari va texnikasi Universiteti bilan hamkorlikda 2020 yilga kelib yangi avlod superkompyuterini işlab çiqmoqçi. U, bir soniyada kvintillion (mingta kvadrillion) hisoblaşni amalga oşira oladi.
Hozirgi vaqtda Xitoy va jahondagi eng tezkor hisoblaş maşinasi Sunway TaihuLight superkompyuteri bölib, u soniyasiga 93 kvadrillion amaliyotni bajara oladi.











