Hindistonda mamlakatda maşhur bölgan Jay nomli yölbarsni qidiriş işlari ommaviy tarzda olib borilmoqda. Bu haqda Sky News xabar bergan.
Yirtqiçni uç oydan beri körişmagan.
Jay uşbu nomni 1975 yili katta ekranlarga çiqqan va boş rolni Amitabx Baççan ijro etgan “Qasos va qonun” filmidagi boş qahramondan olgan. Yölbars uç yil oldin qişloqlarga, daryolarga hamda avtomagistrallarga juft qidirib qilgan sayohatlari orqali maşhur bölgan edi.
Yetti yaşar yirtqiçni sönggi bor 2016 yilning 18 aprel kuni Gagpur okrugida körişgan. Bundan taşqari, Jayga qöyilgan elektr böyinboğ işlamay qolgan. Maxaraştra ştati mutaxassislari yölbarsga nima bölganini bilişmayapti.
Yölbarsni topganlarga 50 ming rupiy (750 dollar) miqdorida mukofot puli va'da qilingan.











