Xitoyning şarqidagi Tszaoçjuane trassasida 10 ming ördakni fermaga olib ketayotgan yuk maşinasi iştirokida YTH röy berdi, buning natijasida parrandalar ozodlikka çiqdi.
Töqnaşuv sodir bölgan joyga yetib kelgan maxsus xizmat xodimlari ördaklarni işlaşga halaqit bermasliklari hamda yangi YTHlarni keltirib çiqarmasliklari uçun yöldan haydaşga majbur bölişdi. Şundan keyingina jabrlangan haydovçilarga yordam körsatişga muvaffaq bölindi.
Taxminan bir soat davom etgan operatsiya davomida qutqaruvçilar YTHda jabrlangan avtomobillarning uç nafar yölovçisini ozod qilişdi, ulardan heç biri oğir jarohat olmagan.
Suratlarga qarab baho beriladigan bölsa, qutqaruv operatsiyasida ördaklar insonlarga yaqin bölişni istaşganini köriş mumkin.














