WikiLeaks taşkiloti AQŞ Demokratik partiyasi Markazqömi xodimlarining e'lon qilinmagan maktublariga egaligini e'lon qildi. Xakerlar xuruji natijasida qölga kiritilgan maxfiy ma'lumotlarning bir qismi, partiyadan AQŞ prezidentligiga nomzodi ilgari surilgan Hillari Klintonga oid, deb ma'lum qilgan Julian Assanj CNN telekompaniyasiga bergan intervyusida.
Assanjning aytişiça, gap juda qiziqarli materiallar haqida bormoqda. Biroq u, uşbu ma'lumotlar qaçon oşkor qilinişiga oydinlik kiritmagan.
Şu bilan birga, Assanj yana bir marta WikiLeaks saytining xakerlik hujumiga umuman aloqasi yöqligini ta'kidlagan hamda manbasini oşkor etişdan boş tortgan.
Bundan taşqari, u mazkur ma'lumotlarni Rossiya taqdim etgani töğrisidagi miş-mişlarga aniq javob bermagan.
"Barçaga ma'lumki, AQŞ butun dunyodagi taşkilotlar, xususan, Amnesty International, Greenpeace va boşqalarga xakerlik hujumlarini uyuştiradi", - degan WikiLeaks rahbari. "Rossiya va Xitoy hukumatlari ham şunday qiladimi? Albatta, hujum qiladi", - deb ta'kidlagan u.











