Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sloveniyaga taşrif buyurdi. U bu yerda Rus ibodatxonasining 100 yilligi munosabati bilan bölib ötadigan memorial marosimni ziyorat qiladi hamda jahon uruşlarida Sloveniyada halok bölgan sovet askarlari şarafiga bunyod etilgan haykalning oçiliş tadbirida iştirok etadi. 

Ibodatxonaning 100 yilligi munosabati bilan ötkaziladigan şanba kunga möljallangan tadbirlar doirasida sloveniyaliklar bilan birga birinçi jahon uruşi yillarida rus harbiy asirlarining taqdiri haqidagi hujjatli film ustida iş boşlandi, şuningdek Rossiya va Sloveniya poçtalari tomonidan poçta markasi yölga qöyilişi töğrisida kelişib olindi. 

Muzokaralar davomida savdo-iqtisodiy sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikka alohida e'tibor qaratilişi kutilmoqda. Şu bilan birga xalqaro va mintaqaviy miqyosdagi dolzarb masalalar böyiça özaro fikrlar almaşinadi.