Singapurning sobiq prezidenti Sellapan Ramanatan insult böldi va oğir ahvolda şifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bergan.
«Singapurning sobiq prezidenti tong paytida insult böldi. U oğir ahvolda SGH şifoxonasining intensiv terapiya bölimiga yotqizilgan», — deyiladi Singapur boş vaziri ofisi bergan ma'lumotda.
92 yoşli Ramanatan Singapurning oltinçi prezidenti bölgan. U bu lavozimda 1999-2011 yillarda faoliyat yuritgan. U Joriy yilning aprel oyida birinçi insultni boşidan ötkazgan edi.











