Iyun oyida internetda iPhone 7 qurilmasining ikkita SIM-kartaga möljallanganligi aks ettirilgan dastlabki surati paydo böldi. Endi esa Apple smartfonining kelajakda ikkita SIM-kartali bölişiga yana bir dalil işora qilmoqda.
AQŞning patent va savdo belgilari byurosi Apple’ning yangi patent arizasini çop etdi, unda raqam aniqlaş tizimining ikkita SIM-kartali smartfonda bir vaqtning özida ikki qönğiroq amalga oşgan taqdirda, qanday işlaşiga oid tavsif berilgan.
Bozorda keng tarqalgan ikki SIM-kartali telefonlarda suhbat davomida ikkinçi qönğiroq amalga oşsa yoki uning raqamini biliş uçun birinçi qönğiroqni kutiş rejimiga ötkaziş kerak böladi.
Apple esa özining patent arizasida bunday vaziyatlarda ikkinçi “sim karta”ning raqamini aniqlaş va uni ötkazib yuborilgan qönğiroqlar röyxatida saqlab qoliş imkonini beruvçi sxemani taklif qildi.
Apple tomonidan bunday arizaning berilişi ikki SIM-kartali iPhone’ning yaratilişini kafolatlamaydi, albatta. Şu bilan birga bu ma'lumot kompaniyaning mazkur texnologiyaga qiziqişini tasdiqlaydi. Sönggi paytlarda iPhone işlab çiqaruvçisi Xitoy bozoridagi avvalgi muqim örnini yöqota boşladi, uning örnini mahalliy kompaniyalar egallaşmoqda. Xitoy iste'molçilarining fikriça, Apple’ning raqib qurilmalarga nisbatan asosiy kamçiliklariga uning yuqori narxidan taşqari, “ikkita sim kartali” modelining yöqligi ham kiradi.











