Qutqaruvçilar Kemerovo viloyatida 31 iyul, yakşanba kunidan beri qidirilayotgan An-2 samolyotining taxminiy bölaklarini topişdi. Bu haqida viloyat favqulodda xizmatlar manbaiga tayanib, TASS agentligi xabar berdi.
“Aerovizual nazorat davomida Kemerovo viloyatida taxminan An-2 samolyotining bölaklari topildi”, - dedi agentlik manbasi. Samolyot bortida bölgan yölovçilarga doir ma'lumotlar aniqlanmoqda.
31iyul kuni uç yölovçisi bölgan An-2 samolyoti Novosibirsk viloyatida yöqolib qoldi.
“An-2 Berdskdan Krasnoyarkka parvoz qilgan, u bilan aloqa yöqolgan”, - deyiladi manbada.
Mintaqaviy FVV Boş Boşqarmasining ma'lumotlariga köra, samolyot Novosibirsk viloyati hududini tark etgan. “Bizdagi ma'lumotlarga köra, samolyot Novosibirsk viloyati hududini tark etişga ulgurgan. Şundan söng aloqa uzilgan”, - deya qöşimça qildi agentlik manbasi.











