Rim papasi Frantsisk, dinga işonuvçilarni Islom va zöravonlikni özaro boğlamaslikka çaqirdi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
«Men musulmon zöravonligi haqida gapirişni yoqtirmayman. Çunki, har kuni tonggi gazetalarni öqir ekanman, men şu yerda Italiyadagi zöravonliklar haqida mutolaa qilaman. Kimdir sevgan qizini öldirgan, kimdir qaynonasini. Yana bular çöqintirilgan katoliklardir. Agar musulmonlar zöravonligi haqida gapirilar ekan, katoliklar haqida ham gapiriş kerak», — degan Rim papasi.
U, şuningdek, bugungi kunda terrorizmning avj olayotganiga pulga siğinişni sabab qilib körsatgan. Aynan inson manfaatlari emas, balki pul topiş jahon iqtisodiyoti diqqat markaziga qöyilgani tufayli mana şunday salbiy holatlar paydo bölmoqda.
















