Köplab afrikalik tadbirkorlar Xitoyni özlari uçun yangi imkoniyatlar makoni deb hisoblamoqda. Minglab afrikalik biznesmenlar Xitoyga oqib kelişmoqda. Bu haqda Al Jazeera xabar beradi.
Şunday tadbirkorlardan biri Natali Fodderi, deyiladi manbada. U Kongo Demokratik Respublikasidan Guanjouga kelgan. U uç hafta davomida ta'mirtalab bölgan restorani uçun jihozlar topişi kerak.
Xitoy va KDR örtasidagi iqtisodiy aloqalar 2007 yildan buyon yaxşilanib keladi. Öşanda afrikaliklar Xitoyga 14 milliard dollarlik mis va kobalt yetkazib berişadi. Evaziga Xitoy quriliş korxonalari Kongoda 3,500km avto va temiryöllar, 30 ta kasalxona quradi. Bu ğarb mamlakatlarining beradigan kreditlaridan ança qulay edi.
Şu tariqa ikki mamlakat örtasidagi aloqalar yaxşilana boşladi. Kongo köçalarida odamlar «Ni Xao» deb xitoyça salomlaşa boşladilar. Mahalliy aholi Xitoyni şunçalik yaxşi körib qolişdiki, qora tanli bölmagan har qanday odamga xitoyça salom berişadi.
Kongodagi aviakompaniyalar ham Xitoyga maxsus reyslar oça boşladi. Birinçi bölib Guanjou öz eşiklarini keng savdo uçun oçdi.
Şu tariqa Xitoy Afrika bozorini ham asta-sekin egallamoqda...











