Xitoyda portal yoki yer usti avtobusi deb nomlanuvçi TEB-1 avtobusining sinovi ötkazildi. Avtobus konstruksiyasi uning ostidan boşqa avtotransportning ötişiga imkon beradi.
Mahalliy OAVga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qilişiça, "kelajak transporti" deb e'tirof etilayotgan avtobusning sinovi Xebey viloyatidagi Tsinxuandao şahrida ötgan. Avtobus uzunligi 22 metrni, eni 7,8 metrni va balandligi 4,8 metrni taşkil qiladi.
Avtobus şunday loyihalanganki, u ikki çetidagi ustunlarda yöl çetiga örnatilgan maxsus relslarda harakatlanadi. Avtobus eni uning ostidan ikki polosadagi avtotransportning ötişiga imkon beradi va şu tariqa tirbandlik keltirib çiqarmaydi.
Ta'kidlanişiça, avtobus öz içiga 300 yölovçini siğdira oladi.















