Instagram ijtimoiy tarmoği 3 avgust kuni yangi - Instagram Stories funksiyasini taqdim etdi. U suratni 24 soatga joylaştiriş imkonini beradi, şundan söng ular akkauntdan yöqoladi.
“Bizga özimizni erkin his qiladigan va “rasmim kimgadir yoqqanmikan?” kabi savollar qiynamaydigan joy kerak”, - dedi Instagram boş direktori va asosçisi Kevin Sistr The Wall Street Journal’ga bergan ma'lumotida.
Şuningdek Sistrning fikriça, yangi funksiya foydalanuvçilarni köproq suratlar qöyişga undaydi, Instagram’ga haftada bitta rasm yuklaydigan foydalanuvçi Instagram Stories’da kuniga 5-10ta surat yuklaydigan böladi.
Instagram’ning asosiy lentasidan farqli ölaroq, Instagram Stories’da suratlarni “layklaş” yoki unga izoh yoziş imkoni bölmaydi, bundan taşqari yangi bölimda reklama ham yöq.
Instagram’ning yangi funksiyasi Snapchat ilovasi bilan umumiy öxşaşlik tomonlariga ega. Unda foydalanuvçilar faqatgina bir keça-kunduz davomida köriş mumkin bölgan foto va videolar bilan bölişişadi. “re/code”ning ta'kidlaşiça, ikkala ilovada ham 10 soniyadan ortiq bölmagan videolarni yuklaş, şuningdek surat va videolarga stikerlar qöşiş yoki çiziş mumkin.
Manbaga köra, Instagram yangi funksiyasining yölga qöyilişiga AQŞ ösmirlari orasida Snapchat ilovasining ommalaşgani sabab bölgan. Piper Jaffray ma'lumotlariga köra, 2016 yilning ilk olti oyida AQŞ ösmirlarining 28 foizi Snapchat’dan, 27 foizi – Instagram’dan foydalangan.











