Meksikalik “Iblis” laqabli narkobaron Devid Garsa Avila plastik jarrohlik uçun ketayotgan paytida mamlakat huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari tomonidan qölga olindi. Bu haqda La Tribune naşri xabar bermoqda.

Naşr xabariga köra, u uç erkak hamrohligida taşqi körinişini özgartiriş maqsadida Mexikoda avtomobilda ketayotgan bölgan. U bu orqali politsiya közidan panada bölişni niyat qilgandi.

Uning maşinasi huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan közdan keçirilganda yarimavtomatli AR-15 vintovkasi, 15ta patron, şuningdek, 10 kg miqdorda marixuana topilgan. Jinoyatçilarning barçasi hibsga olingan.

Avila, şuningdek, Elias Garsa Garsiya ismi bilan Meksika va AQŞda juda köplab mudhiş qotilliklarga qöl urgan.