2017 yilning boşida Singapur Iroqqa tibbiy guruh jönatadi. U şu bilan aksilterror koalitsiyadagi iştirokini kengaytiradi. Straits Times naşri xabariga köra, bu haqda AQŞ prezidenti Barak Obama va Singapur boş vaziri Li Syan Lun örtasida bölib ötgan suhbat davomida aytib ötilgan.
«Terrorçilar hozirgaça turli mamlakatlardan kömak olib turişgan ekan, ular sayyoradagi istalgan davlatga xavf solişlari mumkin, jumladan, Singapurga ham. Aynan şuning uçun mamlakat Afğonistonda terrorizmga qarşi kuraşga qöşilgan edi. Endi u IŞIDga qarşi kuraşni Iroq va Suriyada davom ettiradi», — degan Singapur boş vaziri.
Bundan avvalroq, Singapur mudofaa vaziri tibbiy guruh a'zolari IŞIDdan jabr körgan askarlarga, tinç aholi vakillariga yordam körsatişini ma'lum qilgan edi.











