Janubiy Qozoğiston viloyatidagi neft bazasida sodir bölgan yonğinni öçirişga 100 nafar kişi jalb qilindi. Bu haqida Qozoğiston IIV Favqulodda vaziyatlar qömitasining rasmiy vakili Ruslan Imonqulov ma'lum qilgan.
“Dastlabki ma'lumotlarga köra, Janubiy Qozoğistondagi “Munay” neft bazasida 8ta yoqilği sisternasi hamda nasos uriş bekatida çiqqan yonğinni öçiriş işlari amalga oşirilmoqda”, - deya mu'lum qildi Imonqulov.
Uning sözlariga köra, “öçiriş işlariga 100 nafar yonğin xavfsizligi xodimi va 20ta texnika jalb qilingan”.
Imonqulovning aytişiça, yonğin sodir bölgan joyga olovni bartaraf qiliş uçun yordamçi poyezd yuborilgan.














