Change.org saytida Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedevning iste'fosini talab qiluvçi petitsiya paydo böldi. U yerda «Baliq boşdan sasiydi! Vazirliklarning sust işlayotganiga mana şu çora davo bölar?!» deb yozilgan.

Dmitriy Medvedev keça doğistonlik öqituvçining pedagoglar maoşi haqida bergan savoliga «Maoşingiz qoniqtirmasa, biznes bilan şuğullaning» qabilida javob bergan edi. Petitsiya şundan keyin paydo bölgan va hozirgaça 400 ta ovoz töplangan.

Avvalroq Financial Times jurnali parlament saylovlaridan keyin Rossiyada hukumat özgarişi haqida xabar bergandi. Bu ma'lumotni Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov «qovoqxona siyosatçilarining gapi» deb atagan edi.