Tiş ipining samaradorligi isbotlanmadi. Bu haqida Associated Press ma'lum qildi.

2015 yilda Associated Press (AP) agentligi AQŞ hukumatiga tiş ipidan foydalanişning samaradorligini isbotlovçi dalillar taqdim etişni sörab murojaat qildi. 

2016 yilda esa hukumat bunday tozalaş usulini “Amerikaliklar uçun parhez körsatmalar” rasmiy röyxatidan olib taşlab, tiş ipining samaradorligi haqiqatda isbotlanmaganini tan olib, agentlikka xat yölladi.

Amerika stomatologlari assotsiatsiyasining saytida bunday ipdan foydalaniş tiş kasalliklarining oldini olişida yordam berişi haqida ma'lumot berilgan. Biroq AP xodimlari bu körsatmalarning asossiz ekanligini aniqlaşdi. 

Şaxsiy tadqiqot doirasida agentlik sönggi yillarda ötkazilgan 25 tadqiqotni örganib çiqdi va ularda keltirilgan dalillarni “zaif”, “past sifatli” yoki “işonçsiz” deya baholadi. 

Manbaga köra, tiş iplarining işlab çiqarilişi va sotuvi hajmi yiliga 2 milliard dollarni taşkil qiladi. Uşbu gigiyena vositasini işlab çiqaruvçilar ham ularning foyda berişiga doir zarur dalil keltira olişmadi.