Tailandning şimoli-şarqidagi Nakxonratçasima muzofotida avtobusning yuk maşinasi bilan töqnaşib ketişi oqibatida olti kişi halok böldi, 30 kişi esa jabrlandi. Bu haqda Thai PBS telekompaniyasi xabar bergan.

Avtobus haydovçisi yomğir tufayli sirpançiqqa aylangan yölda boşqaruvni yöqotgan. Natijada avtobus qarama-qarşi yölakka çiqib ketgan va yuqori tezlikda kelayotgan yuk maşinasiga borib urilgan.

Ikkala transport haydovçisi ham halok bölgan. Barça jabrlanganlar şifoxonaga yotqizilgan.