Bundan 150 yillar muqaddam, insoniyat parvoz qilişni orzu qilgani heç kimga sir emas. Biroq, tarixan şu qisqa vaqt içida texnologiya şunçalik taraqqiy etdiki, endilikda parvoz qiliş oddiy holga aylandi. Undan heç kim ajablanmaydi ham. Insoniyat, nafaqat havoga kötarilişni örgandi, balki texnik imkoniyatlarni tamokomillaştirib bordi. Qurilmasi havoga zörğa kötarilgan aka-uka Raytlar, bugungi kundagi samolyotlarning qisqa fursatda tovuş tezligidan ham tez uçayotganini körişganida lol qolişgan bölişardi, balki. Şunday qilib, tanişing, dunyodagi eng tezuçar samolyotlar:

6.  Su-27, eng yuqori tezligi: 2,35 Max

1985-yili namoyiş etilgan Su-27 Amerikaning F-14, Tomcat va F-15 qiruvçi samolyotlariga bevosita raqobatçi böldi. Undan asosan bombardimonçi samolyotlarni kuzatib boriş va uzoq masofalarda havo hujumidan himoyani ta'minlaş maqsadida foydalanilgan.

5.  General Dynamics F-111, eng yuqori tezligi: 2,5 Max

F-111 AQŞ harbiy-havo kuçlari safida 1960-yillarda paydo bölgan. Undan  Avstraliya va AQŞ harbiy-havo kuçlari uçun jami 563 dona işlab çiqilgan bölib, 1990-yilda jangovar safdan olingan. 

4.   McDonnell Douglas F-15 Eagle, eng yuqori tezligi: 2,75 Max

Uşbu modelning asosiy jihatlaridan biri, öta yuqori harakatçanligidir. Uçuvçi mahoratli bölsa, raqibning özidan ustunroq samolyotini ham doğda qoldirişi mumkin. F-15 Eagle çiqqanidan boşlab, Isroil, Saudiya Arabistoni va Yaponiyaning işonçiga sazovor böldi. Uşbu mamlakatlar, undan qiruvçi mudofaa samolyoti sifatida foydalanadi. Ekspertlarning ta'kidlaşiça, McDonnell Douglas F-15 Eagle 2025-yildan keyin ham AQŞ qurolli kuçlari safida qoladi. 

3.  MiG-31, eng yuqori tezligi: 2,83 Max

Sobiq ittifoq konstruktorlari tomonidan işlab çiqilgan tutuvçi-samolyot. Uşbu modeldan hozirgaça Rossiya va Qozoğiston harbiy-havo kuçlari tomonidan foydalanib kelinadi. Rossiya mudofaa vazirligi 2030-yilgaça MiG-31ni safdan çiqariş niyatida emas.