Eron Islom Respublikasi hukumati xavfsizlik nuqtai-nazaridan Pokemon GO öyinini taqiqladi, deb xabar qilmoqda BBC News. Uşbu qaror mamlakatning internetdagi faolligini nazorat qiluvçi, virtual kenglik böyiça Oliy kengaşi tomonidan qabul qilingan. 

Ammo, öyinning qaysi jihati mamlakat va fuqarolari xavfsizligiga tahdid solayotganiga oydinlik kiritilmagan. Rasmiy Tehron taqiqni joriy etişdan avval, ilovani işlab çiqqanlar, ular bilan naqadar hamkorlik qilişga tayyorliklarini örganib çiqqan. 

Eron hukumati boşqa qator mamlakatlar bilan birga, Pokemon GO öyinining xavfsizligi borasida xavotirlarini bildirgan edi. Bundan avval, Saudiya Arabistoni diniy ulamolari Pokemon GO öyiniga qarşi fatvo bergan edi.